Xatolik ko'rdingizmi?

Klaviaturaga qaramasdan tez terishni o'rganing

Buning mohiyati shundaki, har bir barmoq klaviaturada o'z hududiga ega bo'ladi. Buning yordamida esa siz klaviaturaga qaramasdan tera olasiz. Tez-tez shug'ullanib turish mobaynida barmoqlaringiz o'zi joyini topadigan bo'ladi.

To'g'ri o'tirish

  • fiber_manual_recordTo'g'ri o'tiring va gavdani tik tuting
  • fiber_manual_recordTirsaklaringizni to'gri burchak ostida qo'ying.
  • fiber_manual_recordBoshingizni sal pastga egilgan(monitorga) bo'lishi lozim
  • fiber_manual_recordKo'z va monitor orasidagi masofa 45-70 sm bo'lishi kerak.
  • fiber_manual_recordBilak va qo'llar toliqmasligi uchun ularga o'girlik solinmasligi kerak. Panja klaviatura va stol orasidagi joyga tegib tursa bo'ladi. Tana o'g'irligini panjaga tushmasligi lozim.

Barmoqlarning dastlabki holati

Barmoqlaringizni harfli klaviatura o'rtasidagi ASDF va JKL; tugmalari ustiga qo'ying. Aynan shu qator asosiy qator hisoblanadi. Chunki barmoqlaringizning joylashishi shu qatordan boshlanadi va yana shu qatorga qaytib keladi.

F va J tugmalari ustida bo'rtib chiqqan chiziq mavjuddir. U yordamida klaviaturaga qaramasdan barmoqlar joylashtirishni boshlashingiz mumkin.

Klaviatura tuzilishi

Rangli klaviatura sizga qaysi barmoq qaysi tugamni bosish kerakligi haqida ma'lumot beradi.

  • keyboard_arrow_rightTugmalarni faqat o'ziga mos keladigan barmoq bilan bosing.
  • keyboard_arrow_rightHar doim barmoqlarni boshlang'ich "ASDF - JKL;" vaziyatiga olib keling
  • keyboard_arrow_rightMatnni terishda ritmni saqlash lozim. Sizning tugmalarni bosishing bir-xil bo'lishi lozim
  • keyboard_arrow_rightSHIFT tugmasini bosishda e'tiborli bo'lish lozim. Masalan, katta "A" ni kiritmoqchi bo'lsangiz "A" va o'ng "SHIFT" yordamida kiriting.
  • keyboard_arrow_rightProbel tugmasini bosish o'zingizga qulay bo'lgan bosh barmoqni ishlating

Boshida bu metodlar sizga noqulay tuyilishi mumkin. Lekin, buni foydalanishda davom etsangiz bu metod yozish uchun naqadar qulayligini anglab yeta boshlaysiz.

Barmoqlar harakati

Yozish paytida klaviaturaga qaramang. Faqat barmoqlar yordamida klaviaturadagi markirovkani toping.

Barmoq va qo'lni kerakli tugmani bosgandagina qimirlating. Barmoqlarni boshlang'ich holatida tuting. Bu sizga yozish tezligini oshirishga yordam beradi va qo'llar toliqishini kamaytiradi.

Yozish tezligi

  • fiber_manual_recordEngi o'rganishni boshlaganingizda harf terishda shoshilmaslikka harakat qiling. Barmoqlaringiz klaviaturada ko'nikma hosil qilganingizdan keyingina tezlikni oshirsangiz bo'ladi.
  • fiber_manual_recordVaqtingizni xatolardan qochish uchun ketkazmang. Tezlik amaliyot orqali asta-sekin oshib boradi.
  • fiber_manual_recordMatnni terayotgan bo'lsangiz har doim 1-2 so'zni yodga olib yozing.

Sog'ligingiz haqida o'ylang

Agar charlg'ib ketayotgan bo'lsangiz yoki xatolarga ko'p yo'l qo'ysangiz tanaffus qilib oling.